"Terim.uz" sayti orqali har bir ko‘ngilli qaysi hududda paxta termoqchi ekanini ma’lum qilishi mumkin. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Internetda terim.uz saytini ochdik. Har bir ko‘ngilli ushbu saytga kirib, qaysi hududda paxta termoqchi ekanligini onlayn tarzda ma’lum qilishlari mumkin. Yollanma teruvchi kim? U qaysi talablarga muvofiq ishlashi lozim? Ish beruvchi kim? Ularning vazifalari va mas’uliyati qanday? Ushbu masalalar bo‘yicha maxsus nizom ishlab chiqildi. Bu — tarixda ilk bor” deydi Bahodir Umrzoqov.