Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 000 nafarga yaqinlashmoqda

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 000 nafarga yaqinlashmoqda

2020 yil 17 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 385 (+223) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Namangan viloyatida, 14 nafari Andijon viloyatida, 11 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 64 yoshli K.E. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 56 yoshli G.SH. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 45 474 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 500 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 10:26 17.09.2020. O'qildi: 2883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!