Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 3769 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar  3769 nafarga yetdi

2020 yil 3 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3769 (+9) nafarni tashkil etmoqda.  
 
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Toshkent viloyatida (6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari aholi orasidan aniqlangan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan) aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 2908 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 
 
Hozirda mamlakatimizda 846 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 

Kiritildi: 10:02 03.06.2020. O'qildi: 2817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!