Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish siyosati yutuqlari

A A A
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish siyosati yutuqlari

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda kambag‘allikning ko‘p qirrali ko‘rsatkichlari ishlab chiqilmoqda, ular kambag‘allik omillarining ta’sirini baholashda ham, uni qisqartirish siyosatini ishlab chiqishda ham monetar ko‘rsatkichlarni to‘ldiradi.

O‘zbekiston hukumati kambag‘allikka qarshi kurashda oltita asosiy yo‘nalishni amalga oshirmoqda.

➡️Birinchisi – xususiy sektor va tadbirkorlikni rivojlantirish.
➡️Ikkinchi yo‘nalish – yangi ish o‘rinlari yaratish.
➡️Kambag‘allikni qisqartirishning uchinchi jihati ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash hisoblanadi.
➡️To‘rtinchi yo‘nalish – kambag‘allik darajasini kamaytirishning muhim omili sifatida ta’lim sifati va undan foydalanish imkoniyatini oshirish.
➡️Kambag‘allikni qisqartirishning beshinchi yo‘nalishi – sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmatlardan, shu jumladan kam ta’minlanganlar uchun foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
➡️Kambag‘allik darajasiga ta’sir qiluvchi oltinchi muhim omil – bu ekologiya.

🎙Jahon banki menejeri, doktor Ambar Narayan ta’kidlaganidek:

“2020 yildan buyon O‘zbekiston kambag‘allik bo‘yicha statistik ma’lumotlar yig‘ishda sezilarli yutuqlarga erishdi, bu esa aholining kam ta’minlangan qatlamlari duch kelayotgan muammolar miqyosini chuqurroq anglash imkonini beradi”.

▶️O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borayotgan siyosatining asosini nafaqat aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash, balki inson kapitali sifatini oshirish, mamlakat fuqarolari, ayniqsa, yoshlarning individual raqobatbardoshligini oshirish tashkil etadi, degan xulosaga kelish mumkin.

Kiritildi: 18:33 21.04.2024. O'qildi: 1492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!