Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda ish jarayonida halok bo‘lganlar soni ochiqlandi

O‘zbekistonda ish jarayonida halok bo‘lganlar soni ochiqlandi

2025 yil davomida mamlakatda ishlab chiqarishda 731 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, 813 nafar xodim jabr ko‘rgan, shundan 212 nafari halok bo‘ldi.

Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p baxtsiz hodisalar qurilish (198), yengil sanoat (43), transport (36) va qishloq xo‘jaligi (35) sohalarida ro‘y bergan

2 372 ta qonunbuzarlik aniqlanib, mansabdorlarga qariyb 1 milliard so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llangan, 196 holat bo‘yicha esa jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, 13 ming xodimga to‘lanmagan ish haqlari undirilishi uchun 159 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan, 8 259 mansabdorga esa 22 milliard so‘m miqdorida jarima solingan.

Mehnat inspeksiyasi, shuningdek, sun’iy intellekt asosida onlayn savol-javob tizimini joriy etish ustida ishlab, fuqarolarga 10 ming savol-javobdan iborat baza orqali maslahat berish imkonini yaratishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 21:55 24.12.2025. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!