Respublikada 2017 yilda yillik inflyasiya 14,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil fevralda bu ko‘rsatkich 8,3 foizgacha pastladi. Bu haqda Statistika agentligi tayyorlagan iste’mol narxlari indeksida ma’lum qilindi.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda fevraldagi oylik inflyasiya 0,3 foizni, yillik inflyasiya 8,35 foizni tashkil etgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining oylik inflyasiyasi 0,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlarniki ham 0,2 foizga, xizmatlarniki 0,7 foizga o‘sgan.
Yillik hisobda oziq-ovqat mahsulotlari 2023 yilning fevral oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 7,4 foizga o‘sgan. Xizmatlar inflyasiyasi tezlashishda davom etib, fevralda yillik 9,1 foizni tashkil etgan. Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 8,9 foiz bo‘lgan.So‘nggi 7 yilda O‘zbekistonda (fevral oyida) kuzatilgan yillik inflyasiya ko‘rsatkichlari:
2017 yilda — 14,4 foiz;
2018 yilda — 14,3 foiz;
2019 yilda — 13,5 foiz;
2020 yilda — 13,5 foiz;
2021 yilda — 11,4 foiz;
2022 yilda — 9,7 foiz;
2023 yilda — 12,2 foiz.