O‘zbekistonda ilk bor guar o‘simlikligi yetishtirilmoqda, deya xabar qildi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Qayd etilishicha, o‘simlikni yetishtirish avvalambor mamlakat iqtisodi uchun zarur bo‘lgan tarmoqlar uchun valyuta evaziga olib kelinadigan xom-ashyoni o‘rnini bosishi bilan ahamiyatlidir. Qolaversa, guar o‘zining foydalanish ko‘lami bo‘yicha neft-gaz va geologiya tarmoqlarida juda manfaatli hisoblanadi. Eksportiga bo‘lgan talab ham juda yuqori
Mazkur loyihaning amalda ijrosini ta’minlashga O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaliklari vazirliklarining mas’ul xodimlari hamda mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tizim tashkilotlarining sa’yi-harakatlari tufayli erishilmoqda
O‘simlik Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasining tajriba dalasida yetishtirilmoqda.
Undan olinadigan mahsulotlarga jahon bozorida ehtiyoj katta. Misol uchun Rossiya Federasiyasi Hindistondan katta miqdorda guar o‘simligini import qiladi. Demak, O‘zbekistonda guar o‘simligini introduksiya qilish va yetishtirish istiqbolli.