Dastlab, Toshkent vaqti bilan soat 2:52da sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning to‘rt hududida 2 balldan 4 ballgacha magnitudada qayd etilgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Toshkent shahridan 48 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,4 ballga teng bo‘lgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Shuningdek, Toshkent vaqti bilan soat 6:04da O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yana bir yer silkinishi qayd etilib, uning kuchi vodiy viloyatlarida sezilgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Toshkent shahridan 252 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 13 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4 ballga teng bo‘lgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Er yuzida 4 mart kuni 150ga yaqin zilzila sodir bo‘ldi. AQShning Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, turli xil magnitudadagi zilzilalar Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Gresiya, G‘arbiy Turkiya, Islandiya, Nikaragua, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlar hududida ro‘yxatga olingan. Zilzilaning eng kuchlilari (7,3 dan 8,1 magnitudagacha) Yangi Zelandiya qirg‘oqlari yaqinida qayd etildi.