Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda Ramazon hayiti qachon nishonlanishi ma’lum bo‘ldi

A A A
O‘zbekistonda Ramazon hayiti qachon nishonlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Ramazon hayitini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga oid kun tartibidagi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi va hijriy 1445 yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqildi. Turkiy davlatlar diniy idoralari mas’ullari bilan ham ushbu masala keng muhokama qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024 yil 10 aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Kiritildi: 12:39 08.04.2024. O'qildi: 4993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!