10 aprel kuni mamlakatda “Toza havo” oyligi boshlandi.
Bu vaqtda respublikaning barcha yo‘l-patrul punktlarida va markaziy ko‘chalarida chiqindi gazlar miqdori maxsus texnikalar yordamida tekshiriladi, deya xabar bermoqda Tabiat resurslari vazirligi.
Hozirgi kunda 4 mln.ga yaqin avtomashina bo‘lib, shundan 100 mingtasi ta’mirga muhtoj. Natijada yiliga atmosferaga o‘rtacha 1,3 mln tonna zararli gaz ajralib chiqmoqda.