Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda dorilarni elektron resept asosida dorixonalardan bepul olish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda dorilarni elektron resept asosida dorixonalardan bepul olish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursasiya dasturi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Reimbursasiya dasturi — bemorlarni ambulator sharoitda davolash uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron resept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalarini qiymatini jamg‘arma tomonidan qoplash dasturi.

Reimbursasiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma qilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi.

Elektron resept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan bemor uchun rasmiylashtiriladi. Elektron reseptda har bir tashxis bo‘yicha uchtagacha dori vositasi ko‘rsatilishi mumkin.

Elektron reseptning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 7 kunni tashkil qiladi.

Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron resept o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangandan so‘ng axborot dasturi orqali jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur reseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi.

Reimbursasiya dasturi doirasida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari bo‘yicha sarf-xarajatlar mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladi.

Kiritildi: 10:19 06.10.2024. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!