Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda dori sanoati va mahalliylashtirish imkoniyatlari

O‘zbekistonda dori sanoati va mahalliylashtirish imkoniyatlari

O‘tgan yili respublikamizda 13 mingdan ortiq dorixonalar orqali 24 trillion so‘mlik dori-darmonlar sotilgan. Shuningdek, davlat xaridlari orqali har yili qo‘shimcha 5 trillion so‘mlik farmasevtika mahsulotlari olinadi.

Biroq hududlardagi mas’ullar qaysi doriga qancha talab borligi, uning qanchasi import qilinishi va zarur dorilarni mahalliylashtirish imkoniyatlari bo‘yicha mufassal hisob-kitob qila olmagani tanqid qilindi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi va importchilar bilan uchrashib, masalani o‘rganishga e’tibor qaratilmagan.

Hozirgi kunda mamlakatda 58 ta farmasevtika korxonasi 2,5 ming turdagi dori-darmonlarni ishlab chiqarmoqda.

Ibuprofen, parasetamol, diklofenak kabi og‘riq qoldiruvchi dori-darmonlardan tortib, qonni ko‘paytiruvchi kali, kalsiy, temir, sink, magniy, yod, vitamin B, C va D kabi oddiy biologik moddalarni ham 20 dan ortiq mahalliy farmasevtika korxonalari standart va sifat talablariga qat’iy rioya qilgan holda ishlab chiqarish imkoniga ega.

Bu esa mamlakat dori sanoatini rivojlantirish va importdan kelayotgan yukni kamaytirish uchun katta imkoniyatlar ochadi.

Kiritildi: Bugun 15:38. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!