Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda Coca-Cola’ni xususiylashtish nima sababdan to‘xtab qolgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Coca-Cola’ni xususiylashtish nima sababdan to‘xtab qolgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston hukumati 2018 yilda «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MCHJ QKdagi ulushini xorijiy investorga sotmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bitimda vositachi sifatida ishtirok etishi kerak edi.

Spot’ning yozishicha, 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos nima uchun bitim amalga oshmaganini aytdi. «O‘ylashimizcha, hukumatning ustuvor rejalari o‘zgardi. Ushbu loyiha hozircha ustuvor hisoblanmayapti», — deydi Alkis Drakinos.

ETTB vakili, shuningdek, bank loyihani yana bir bor hukumat uchun ustuvor vazifa bo‘lishi sharti bilan kompaniyani xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi. U bank davlat kompaniyalarini xususiylashtirish sohasidagi ishlarni ham faollashtirishini aytib o‘tdi:

Ma’lumki, davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtirish uchun tayyorlanayotgan bir qator kompaniyalarga ega . Biz ular bilan alohida loyihalar ustida ishlaymiz. YETTB hukumatni ko‘proq manfaatdor ishtirokchilarni jalb qilish uchun ko‘proq ochiq tenderlarni o‘tkazishga chaqiradi.

Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MCHJ QK 1993 yilda tashkil etilgan. Hozirda kompaniya aksiyalarining nazorat ulushi (57,1%) «O‘zbekoziqovqatxolding», davlat xolding kompaniyasiga, 42,9 foizi esa The Coca-Cola Export Corporation’ga tegishli.

Kompaniya O‘zbekistonda uchta zavodga egalik qiladi. Zavodlar Toshkent, Namangan va Urganch shaharlarida joylashgan.

Kiritildi: 16:14 08.03.2020. O'qildi: 3257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!