Bugun 3 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda bir kunda 40 ming tonnagacha chiqindi olib chiqildi

O‘zbekistonda bir kunda 40 ming tonnagacha chiqindi olib chiqildi

Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilgan «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari davomida respublika bo‘ylab 1,4 mln tonna qattiq maishiy chiqindi olib chiqilib, utilizasiya qilindi.

Har kuni o‘rtacha 4,5 mingta maxsus texnika va 10 mingdan ortiq xodim tozalik ishlariga jalb etildi. 7 674 ta mahalla tozalik tadbirlari bilan to‘liq qamrab olindi.

Shuningdek, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bo‘yicha 97 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 165,4 mln so‘m jarima qo‘llandi.

Mamlakatda bir kunda o‘rtacha 30–40 ming tonna chiqindi olib chiqilgan.

Kiritildi: 10:40 02.09.2026. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!