Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda ayol rahbarlar yana bittaga ko‘paydi

O‘zbekistonda ayol rahbarlar yana bittaga ko‘paydi

Bu haqda kompaniya kuzatuv kengashi a’zosi Aziza Umarova o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh vazir Abdulla Aripov “Uzbekistan Airports”ning yangi rahbarini tanishtirgan. Rossiyadagi uzoq yillik faoliyatidan keyin O‘zbekistonga qaytgan Ra’no Jo‘rayevaga ushbu lavozim topshirilgan.

“Uning so‘nggi ish joyi Rossiyadagi eng yirik aerokosmik xolding – “Roskosmos” korxonasining rahbari bo‘lgan. Shuningdek, u transport sohasidagi loyihalarni ishlab chiqishda, xususan, Fuqaro aviasiyasi innovasion markazida havo orqali yuklarni tashishda YE-Freight standartini amalga oshirishda hamda Domodedovo aeroportini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan”, deb yozgan Aziza Umarova.

Shuningdek, u “Uzbekistan Airways” kompaniyasi rahbariyatida ham o‘zgarishlar ro‘y berganini yozib qoldirgan, biroq bu o‘zgarish haqida aniq ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar “Uzbekistan Airports” AJga Ravshan Ismoilov rahbarlik qilib kelar edi.

Kiritildi: 23:09 22.02.2021. O'qildi: 4048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!