Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Krokusdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan 12-shahsning ukasi ham hibsga olindi

Krokusdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan 12-shahsning ukasi ham hibsga olindi

Crocus City Hall'dagi terakt bo‘yicha yaqinda nafaqat Jumoxon Qurbonov, balki uning ukasi Suxrob Qurbonov ham hibsga olindi, deb yozadi «RIA Novosti» aka-uka yashagan yotoqxona xodimiga tayanib.

Hibsga olinganidan keyin Suxrob yotoqxonaga qaytib kelmadi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Jumoxon Qurbonov teraktda ayblanayotganlarni aloqa vositalari va hisob-kitoblarni to‘lash uchun pul bilan ta’minlagan. Uning Krokusdagi teraktga aloqadorligi haqida boshqa tafsilotlar yo‘q.

Suxrob avvalroq mayda bezorilik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, biroq hozircha unga teraktga aloqadorlikda ayblanayotgani aniq emas.

Kiritildi: 22:43 28.04.2024. O'qildi: 2577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!