Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olinadi!

 O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olinadi!

O‘zbekiston Respublikasida 2026 yil 15 yanvar — 28 fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

✅ Bu — mamlakatimizdagi har bir fuqaro va xo‘jalik haqida aniq ma’lumot to‘plash, kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rejalarni belgilashda muhim qadam hisoblanadi.

📅 Ro‘yxatga olish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

▶ 1 bosqich (15–31 yanvar)
17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniga ega bo‘ladi.

Bu qulay, tez va zamonaviy usul bo‘lib, uydan chiqmasdan ro‘yxatda qatnashish imkonini beradi.

👉 2 bosqich (4–28 fevral)
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshetlar orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini amalga oshiradi.

Bu bosqichda har bir xonadonga borilib, shaxsiy ma’lumotlar aniqlanadi.

📄 Savolnoma tarkibi:

Ro‘yxatda fuqarolardan va qishloq xo‘jaligi sub’ektlaridan jami 71 ta savol bo‘yicha ma’lumot olinadi:

🫂 Aholiga oid — 54 ta savol (yosh, ta’lim, ish bilan bandlik, yashash sharoiti va h.k.);

🌱 Qishloq xo‘jaligiga oid — 17 ta savol (er maydoni, chorva soni, ekin turlari va h.k.).

🔒 Ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlanadi.

⛔Shaxsga doir ma’lumotlar qonun bilan muhofaza qilinadi.

🚫Savolnoma natijalari boshqa idoralarga taqdim etilmaydi va faqat statistik tahlil uchungina ishlatiladi.

💡 Nima uchun bu muhim?

Ro‘yxat natijalari:

- davlatga aholining haqiqiy soni va tarkibi haqida aniq tasavvur beradi;

- yangi ish o‘rinlari, maktablar, shifoxonalar va infratuzilmalarni rejalashtirishda asos bo‘ladi;

- qishloq xo‘jaligidagi resurslarni to‘g‘ri taqsimlash imkonini yaratadi.

Kiritildi: 18:51 23.11.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!