Unda tomonlar qurilajak 6 blokli AES uchun infratuzilma ob’ektlari yaratilishi reja qilingani, shtab maydonida belgilangan vaqtda qurilish ishlarini boshlash, barcha infratuzilma bilan ta’minlangan quruvchilar shaharchasini barpo etish masalalari haqida so‘z yuritdi.
“O‘zatom” agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda kam quvvatli atom elektr stansiyasi maydonida kam quvvatli AES qurilishi shartnomasi kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27 may kuni “O‘zatom” agentligining AES qurilish direksiyasi va “Atomstroeksport” AJ o‘rtasida mamlakatimizda AES qurilishi bo‘yicha shartnoma kuchga kirishi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan.