Bugundan boshlab Toshkent viloyatida 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilma ishga tushirildi. Bu haqda Yo‘l harakati havsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatdagi avtomobil yo‘llarida YPX xodimlariga biriktirilgan xizmat avtomobillariga o‘rnatilgan 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma ishga tushirildi.
Bundan maqsad - respublika hududida YTHlarni oldini olish, qoidabuzarliklarga chek qo‘yish va harakatlanish xavfsizligini ta’minlash.
Yangi qurilma yo‘llarda avtomobillarning 7 ta qoidabuzarlik harakatini aniqlaydi.
Qurilma to‘xtab turganda va harakat davomida ham quyidagi qoidabuzarliklarni aniqlaydi:
Xabarda barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlari so‘ralgan.