Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda 2024–2025 yillarda 4 931 ta pornografik kontentga ega veb-sayt aniqlandi

O‘zbekistonda 2024–2025 yillarda 4 931 ta pornografik kontentga ega veb-sayt aniqlandi

O‘zbekistonda 2024–2025 yillarda 4 931 ta pornografik kontentga ega veb-sayt aniqlanib bloklandi.

Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qimor o‘yinlari bilan bog‘liq 4 302 ta veb-resurs va qurol-yarog‘ savdosiga oid 29 397 ta holat fosh qilingan. Ushbu materiallar faoliyati cheklangan yoki to‘xtatilgan.

2024 yil davomida noqonuniy internet kontentining o‘sish ko‘rsatkichlari:

• narkotik moddalarni targ‘ib qiluvchi materiallar — 112 barobar,
• pornografik kontent — 5,3 barobar,
• fishing va soxta akkauntlar — 3,8 barobar oshgan.

Internetdagi xavfli va noqonuniy ma’lumotlardan foydalanuvchilarni himoya qilish maqsadida «Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Kiritildi: 10:55 13.05.2025. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!