Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Kaliforniya AQSh tarkibidan chiqib, mustaqil bo‘lmoqchi

Kaliforniya AQSh tarkibidan chiqib, mustaqil bo‘lmoqchi

Kaliforniya fuqarolarining 44 foizidan ortig‘i Vashington ma’muriyatidan mustaqillik va uning alohida shtat sifatida shakllanishi tarafdori.

Bu haqda Newsweek jurnali YouGov jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib xabar bermoqda.

"Kaliforniyaliklar o‘z-o‘zini boshqarishga tayyor va pragmatik yechimlarga e’tibor qaratishgan", deb izoh berdi AQShning 31-shtati mustaqilligi masalasini o‘rganuvchi tadqiqot markazi - Independent California Institute (ICI) raisi o‘rinbosari.

Markaz bosh direktori, shuningdek, so‘rov natijalari shtat aholisining mustaqillikka bo‘lgan yuqori kayfiyatini ko‘rsatayotganini ham qo‘shimcha qildi.

So‘rov 11 iyundan 23 iyunga qadar shtat gubernatori va AQSh prezidenti ma’muriyati o‘rtasidagi ziddiyat fonida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyun kuni Los-Anjelesda noqonuniy muhojirlarni ommaviy hibsga olish boshlandi; 7 iyun kechki paytgacha kamida 44 kishi immigrasiya qonunchiligini buzganlikda ayblanib, hibsda edi. Huquq-tartibot idoralarining harakatlariga javoban shaharda namoyishlar boshlanib, tartibsizliklarga aylangan. Bunga javoban AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomni chetlab o‘tib, tartibsizliklarni bostirish uchun Milliy gvardiyani Los-Anjelesga jo‘natishni buyurdi. Shundan so‘ng Nyuvsom Trampga qarshi sudga murojaat qildi.

Kiritildi: 07:30 02.07.2025. O'qildi: 1276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!