Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Hokimiyatning 126 nafar xodimi poraxo‘rlikda ayblanib qo‘lga olindi

Hokimiyatning 126 nafar xodimi poraxo‘rlikda ayblanib qo‘lga olindi

Turkiyada polisiya Izmir meriyasidagi poraxo‘rlik bo‘yicha tergov doirasida 126 kishini hibsga oldi. Hibsga olinganlar orasida Izmirning sobiq hokimi Tunch Soyer ham bor.

Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Ishda shuningdek, shahar meriyasiga qarashli İZBETON AŞ qurilish kompaniyasining sobiq bosh direktori Xeval Savash Kaya va shahar hokimligi mutasaddilari ham ishtirok etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq ushbu qurilish kompaniyasiga 2020 yil oktyabr oyida Izmir viloyatida sodir bo‘lgan vayronkor zilziladan so‘ng restavrasiya ishlarini olib borish uchun kengaytirilgan vakolatlar berilgan edi. Keyinroq zilzila 7 magnitudaga yetgan, 100 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

İZBETON AŞ rahbariyati uchinchi tomon kompaniyalari uchun mo‘ljallangan tenderlarni manipulyasiya qilishda va ro‘yxatdan o‘tgan xizmatlar va ishlarni bajarmaganlikda yoki qisman bajarmaganlikda ayblanmoqda.

Kiritildi: 10:30 02.07.2025. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!