Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda 1 dekabrdan cheksiz internet narxi 2 baravardan ko‘proq qiymatda arzonlashadi

A A A
O‘zbekistonda 1 dekabrdan cheksiz internet narxi 2 baravardan ko‘proq qiymatda arzonlashadi

2018 yilning 1 dekabridan boshlab UZTELECOM yangi kafolatlangan cheksiz internet tarif rejalarini taqdim etadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikasiya tarmoqlarini modernizasiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rniga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etayotgan “Xalq so‘zi“ muxbiri xabar bermoqda.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda birinchi marta 2 Mbit/s tezlikka ega kafolatlangan cheksiz internet narxi oyiga 88 ming so‘mni tashkil etadi.

Bu oldingi shunday tarif rejasidan 2 martadan ko‘proq qiymatda arzonroq ekani aytilmoqda.

Bundan tashqari, endi tarif rejalarida “gacha“ qo‘shimchasi mavjud bo‘lmaydi. Bu tanlab olingan tezlikning kafolatlanishini anglatadi. Misol uchun endi siz 1 Mbit/s tarif olsangiz bu internet aynan 1 Mbit/s barqaror tezlikdagi internetni anglatadi.

Kiritildi: 11:20 30.11.2018. O'qildi: 2453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!