Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnoma - Marokash shartnomasiga qo‘shildi

O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnoma - Marokash shartnomasiga qo‘shildi

“Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–80-son, 12.01.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to‘g‘risidagi Marokash shartnomasiga (2013 yil 27 iyun, Marokash) qo‘shildi.

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Kiritildi: 19:40 13.01.2022. O'qildi: 2689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!