Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Xitoy bilan internet tarmog‘ini rivojlantirishga kelishib oldi

A A A
O‘zbekiston Xitoy bilan internet tarmog‘ini rivojlantirishga kelishib oldi

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoyda Sanoat va axborot texnologiyalari vaziri Szin Chjuanlun bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar ikki vazirlik o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzolashdi.

“Memorandumga ko‘ra, tomonlar infratuzilmani o‘zaro bog‘lash, aloqa tarmog‘ini qurish, 5G, tarmoq xavfsizligi, axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, bulutli hisoblash, internet, katta ma’lumotlar va ochiq ma’lumotlar, tarmoq xavfsizligi va ma’lumotlarni himoya qilish, ma’lumotlar markazlari va boshqa sohalarda yangi tendensiyalar va ilovalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashishga kelishildi.

Bundan tashqari, memorandum Elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellektga oid bilim va amaliy tajriba almashishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 10:24 17.10.2023. O'qildi: 1278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!