Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston xalq artisti "O‘zbekkino" direktori ustidan Mirziyovga murojaat yo‘lladi

O‘zbekiston xalq artisti "O‘zbekkino" direktori ustidan Mirziyovga murojaat yo‘lladi

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Dilorom Karimova (suratda) ham "O‘zbekkino" milliy agentligi direktori ustidan davlat rahbariga murojaat yo‘llagan. Kecha rejissyor Zulfiqor Musoqovning arzini e’lon qilgandik.

"Ilhaq" filmi orqali yana bir bor nazarga tushgan aktrisa yosh kinoijodkorlar va "O‘zbekkino" yangi rahbariyati o‘rtasida tushunmovchilik va kelishmovchilik paydo bo‘lganini yozgan. Uning aytishicha, o‘zbek kinosida shaffoflik, yangilikka intilish, korrupsiyaga qarshi kurash niqobi ostida nosog‘lom muhit kuchaytirib yuborilmoqda. Natijada sohada guruhbozlik ildiz otyapti.

Aktrisaga ko‘ra, Akbar Bekturdiyev, Sarvar Karimov, Umid Hamdamov, Muzaffar Erkinov, Jahongir Ahmedov kabi yosh va umidli kinorejissyorlar ahvol shunday davom etsa, sohani butunlay tark etish fikriga tushib qolganlar. Ular bilan birga tasvirchilar, yorituvchilar, rassomlar, kiyim va grimm ustalari, sahna yasovchi va quruvchilari, kinoasar yaralishida qatnashuvchi yuzlab mutaxassislar ham tarqalib ketish xavfi ostida turibdi.

Iqtibos

"Yaxshi bilamizki, eng qudratli davlatlar nomi ham adabiyoti, san’at va madaniyati orqali tarixga abadiy muhrlanib qolgan. Ochig‘i, o‘ttiz uch yil burun "Hamza" teatri boshiga tushgan falokat bugun o‘zbek kinosi misolida yana takrorlanishidan xavotirdaman", degan aktrisa.

Ma’lumot uchun, 1987 yilda "Hamza" teatrida (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri) parokandalik bo‘lgan. O‘shanda rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev boshchiligidagi aktyorlar jamoasi teatrdan bosh olib ketishgan.

Kiritildi: 18:35 23.09.2020. O'qildi: 7726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!