Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara ham "Tolibon" nazorati ostiga o‘tdi

A A A
O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara ham "Tolibon" nazorati ostiga o‘tdi

O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara "Tolibon" nazorati ostiga olingan. Uning rahbarlari qo‘shni davlatlarga hujum uyushtirmaslikka va’da berishmoqda, deb yozadi “TASS” Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguga tayanib.

"Biz uchun muhim bo‘lgan narsa shundaki, O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara ham "Tolibon" nazorati ostiga o‘tdi", dedi Shoygu.

Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari ham yaqinda "Tolibon" Qunduzni egallab olganini ta’kidladi. "Agar siz bu tumanlardan xabardor bo‘lsangiz, Qunduz juda katta va jiddiy markaz", dedi Shoygu.

U, shuningdek, "Tolibon" rahbarlari qo‘shni hududlarga hujum qilishga urinmasligini aytdi.

Kiritildi: 11:35 11.08.2021. O'qildi: 9502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!