Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni oshirildi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni oshirildi

“FAF 2024” tadbiri doirasida “O‘zaviasiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegasiya Saudiya Arabistoni Podshohligi aviasiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlaridan Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam parvozlar soni har bir tomondan 50 tagacha ko‘paytirishga kelishib olindi va erishilgan kelishuvlarni tasdiqlash maqsadida Memorandum imzolandi.

Memorandum O‘zbekistondan "Haj" va "Umra" tadbirlariga boradigan ziyoratchilar hamda “Umra plyus” dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kiritildi: 14:38 22.05.2024. O'qildi: 1064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!