Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni maxsus pasport egalariga vizada yengillik beriladi

A A A
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni maxsus pasport egalariga vizada yengillik beriladi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari diplomatik va maxsus pasport egalarini o‘zaro qisqa muddatli viza talablaridan ozod etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Saidov Toshkentga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri, shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini amaliy boyitishga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqotdan mintaqaviy kun tartibi va ko‘p tomonlama platformalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari ham o‘rin oldi.

“Diplomatik va maxsus pasport egalarini o‘zaro qisqa muddatli viza talablaridan ozod etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzoladik”, — deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Kiritildi: 11:24 16.04.2024. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!