Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan joriy yil 5-7 oktyabr kunlaridagi Rossiya Federasiyasiga oliy darajali tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Etakchilar O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib, ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdilar.

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’ati saqlanmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda, hududlararo aloqalar rivojlanmoqda. Kuni kecha Jizzax viloyatida birgalikda tashkil etilgan yirik agrologistika majmuasi ishga tushirildi.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv faol kechayotgani hamda sog‘liqni saqlash sohasida dasturlar amalga oshirilayotganini ham olqishladilar.

Kiritildi: 16:42 29.11.2023. O'qildi: 1069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!