Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajada, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperasiyasi loyihalarini ilgari surish, hududlar darajasidagi samarali aloqalarni, faol madaniy-gumanitar va ta’lim almashinuvini kengaytirish maqsadida o‘zaro muvofiqlashgan ishlar va amaliy idoralararo hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Shu ma’noda, joriy yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uning natijadorligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Kiritildi: 19:03 08.07.2025. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!