Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston va Malayziya iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Malayziya iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-investisiya hamkorligining rivoji muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida 20 iyun kuni ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikka bag‘ishlangan biznes seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasidan «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishlaricha, tadbirda 15 ta tashkilot va kompaniyalardan, jumladan, Malayziya Markaziy banki (Negara Bank Malaysia) va Malayziyaning Tashqi savdoni rivojlantirish bo‘yicha korporasiyasi (MATRADE)dan, jami 30 nafardan ortiq vakillar qatnashdi.

Silverlake Group direktori Redzuan Kushairi O‘zbekistonda rejalashtirilayotgan loyihalar haqida gapirdi. Ular orasida O‘zbekiston Markaziy banki bilan hamkorlikda mobil va internet to‘lovlarni va bank xizmatlarini, davlat xizmatlarining barcha turlarini taqdim etish uchun identifikasion kartochkalar tizimini ishlab chiqishda dasturiy yechimlarni joriy qiilish maqsadida Raqamli iqtisod markazini tuzish rejasi bor. Silverlake Group O‘MB bilan hamkorlikda bu loyihalarni amalga tatbiq etish uchun qo‘shma korxona tashkil etmoqchi. Birinchi bosqichda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya miqdori 50 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Serbo Dinamik vise-prezidenti Palendran Palachandran O‘zbekistonda «Kaustik soda ishlab chiqaruvchi zavod qurish» va «Neft va gaz turbinlarini ta’mirlashda texnik park yaratish» loyihalarini taqdim qildi. Dastlabki bosqichda 80 million dollar miqdoirda investisiya ajratiladi. Kompaniya iyul oyida Toshkentda vakolatxona ochmoqchi.

Monarch Aesthetic direktori Eddi Go 500 ming dollar investisiya kiritiladigan, Toshkentda kosmetologik tibbiy markazini tashkil etish loyihasini taqdim etdi. Monarch Holdings qo‘shma korxonasi tashkil etildi, hozir uskunalarni yetkazish ishlari olib borilmoqda.

Frasers Hospitality Hotel mehmonxona kompleksining departament direktori Jeffri Muhammad kompaniyaning Buxoro, Samarqand va  Toshkentda mehmonxonalar qurishga qiziqayotganini bildirdi.

Tadbirda MATRADE boshchiligidagi Malayziya ishbilarmonlari vakillarining oktyabr oyi oxirida Toshkentda biznes-forum o‘tkazish uchun tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Avgust oyida ORM kompaniyasi O‘zbekistonga tashrifbuyuradi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Xitoyga eksport qilish uchun meva-sabzavotlarni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash uchun majmua yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Manba: gazeta.uz

Kiritildi: 16:07 22.06.2018. O'qildi: 1553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!