Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

15 yanvar kuni Abu-Dabi shahridagi "Qasr ash-Shati" qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon tor doirada hamda rasmiy delegasiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Prezidenti BAA Prezidentiga tashrif bilan kelish taklifi va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-BAA do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini, shu jumladan, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investisiya, innovasiya, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalarda yanada rivojlantirishning muhim masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

O‘zbekiston va Amirliklar xalqlarini mushtarak tarixiy ildizlar, o‘xshash an’ana va qadriyatlar, muqaddas islom dini chambarchas bog‘lab turgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

O‘zbekiston yetakchisining BAAga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochayotgani - ular strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

So‘nggi yillarda tovar ayirboshlash va investisiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni bir necha barobar oshdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni ko‘paydi, vizasiz tartib joriy qilindi.

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

Tashrif doirasida BAAning yetakchi kompaniyalari bilan yangi, asosan yuqori texnologik tarmoqlarda loyihalar portfeli shakllantirildi.

Siyosiy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muloqotni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

Etakchilar iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini, jumladan sun’iy intellekt, raqamlashtirish, "yashil" energetika, shaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi 6 ta asosiy yo‘nalishni belgilab oldilar. Har bir ustuvor soha bo‘yicha alohida ishchi guruhlar tashkil etishga kelishildi.

Tomonlar 2025-2027 yillarni "O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri" deb e’lon qilish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

Shu ma’noda, 2030 yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga ko‘paytirish va investisiya portfelini 50 milliard dollarga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

O‘zbekiston ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va BAA kompaniyalarining yurtimizdagi investisiyaviy faoliyatini kengaytirishdan manfaatdorligi qayd etildi.

Madaniy-gumanitar almashinuv ko‘lamini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

Davlatimiz rahbari Muhammad bin Zoid nomidagi universitet bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash va sun’iy intellekt sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirishni taklif etdi.

Muzokaralar davomida bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga, shu jumladan joriy yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va BAA yetakchilari iqtisodiy sheriklikning yangi davrini boshlashga kelishib oldilar

Etakchilar xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kiritildi: Bugun 14:44. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!