Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi sardori jarohat oldi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi sardori jarohat oldi

Belgiyaning “Antverpen” klubi sharafini himoya qilayotgan Muhammadali O‘rinboyev kecha “Vesterlo” jamoasiga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.

O‘yin yakunlangach, uning eski jarohati bezovta qilgani sabab, jamoaning tibbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislarining so‘roviga binoan O‘rinboyevning tiklanish jarayonlari o‘z klubida davom ettirilishi borasida qaror qabul qilindi.

Shu boisdan uning o‘rniga “Olimpik Mobiuz” futbolchisi Muhammedali Reimov yig‘inga jalb etildi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoamiz 3-9 sentyabr kunlari U-23 Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi va Shri-Lanka, Qirg‘iz Respublikasi hamda Falastinga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 22:31 01.09.2025. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!