Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi — CAFA U-20 chempioni!

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi — CAFA U-20 chempioni!

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan “CAFA U-20 Championship” turnirida Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi terma jamoamiz bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Turnir davomida futbolchilarimiz barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, birorta ham gol o‘tkazib yubormadi va 12 ochko jamg‘argan holda musobaqa g‘olibiga aylandi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra O‘zbekiston U-20 terma jamoasi “Fair Play” sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi darvozaboni — Nematulloh Rustamjonov, eng yaxshi futbolchisi — Azizbek To‘lqinbekov hamda musobaqa to‘purari sifatida Quvonchbek Abrayev e’tirof etildi.

Kiritildi: 23:48 19.05.2026. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!