Bugun 24 iyun, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston—Turkmaniston savdo zonasi 2025 yilda ishga tushiriladi

O‘zbekiston—Turkmaniston savdo zonasi 2025 yilda ishga tushiriladi

O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Akmaljon Qo‘chqorov Tosho‘g‘uz viloyat hokimi Soltanmirat Soltanmiradov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Muloqot chog‘ida Xorazm va Tosho‘g‘uz viloyatlari o‘rtasida chegara savdo zonasi – savdo markazining tashkil etilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmining o‘sishiga, shuningdek, chegara hududlari aholisining farovonligini oshirishga xizmat qilishi e’tirof etilgan.

Ta’kidlanishicha, Tosho‘g‘uz viloyatidagi Turkmaniston—O‘zbekiston chegara zonasida savdo markazini qurish bo‘yicha qurilish ishlari 2023 yil iyul oyida boshlangan, ob’ektni ishga tushirish 2025 yil iyul oyiga rejalashtirilgan.

Transchegaraviy savdo zonalarining ishga tushirilishi Xorazm va Tosho‘g‘uz viloyatlarining iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, aholi farovonligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, – deb yozadi Turkmaniston OAVlari.

Kiritildi: 09:26 23.05.2024. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!