Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda yer ostida portlash sodir bo‘ldi

Qozog‘istonda yer ostida portlash sodir bo‘ldi

Qozog‘istonning Taraz shahri Qorasuv mikrorayonida yer ostida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Hodisa 22 iyun kuni turar joy binolari yaqinida yuz bergan. “QazaqGaz Aimaq”ning Jambil ishlab chiqarish filiali portlash joyidan gaz quvuri o‘tmagani, portlashga boshqa narsa sabab bo‘lganini ma’lum qilgan. Mutaxassislar hodisa joyini gaz analizatori yordamida tekshirgan.

Hudud o‘rab olingan. Qurbonlar yoki jarohatlanganlar qayd etilmagan. Voqea joyiga barcha shahar xizmatlari jalb etilgan. Ularning tekshiruvi natijasida portlashga yuqori voltli yerosti kabelining ishdan chiqishi sabab bo‘lgan. Kabel uzilib, xavfsiz holatga keltirilgan. Ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 18:53 23.06.2024. O'qildi: 2729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!