Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston turizm salohiyati Berlin metrolarida namoyish etilmoqda

A A A
O‘zbekiston turizm salohiyati Berlin metrolarida namoyish etilmoqda

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish dasturi doirasida mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan “DIE MEDIA FABRIK Agentur für Mediaberatung GmbH” media-xizmati agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur sayyohlik reklamasi noyabr-dekabr oylarida Berlin metropolitenida namoyish etilmoqda.

Germaniyada istiqomat qiluvchi Lev Sverdlovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston sayyohlar uchun juda manzur mamlakat sanaladi. Shu sababli, bu yurtga tashrif buyuradiganlarning katta qismi germaniyalik sayyohlarga to‘g‘ri keladi.

–Albatta, bunday imkoniyat O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog‘liq. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ochiq tashqi siyosat tufayli nafaqat iqtisodiy, balki turizm sohasida ham dunyo mamlakatlarining asosiy e’tibori ushbu yurtga qaratilmoqda. O‘zaro aloqalarga kelsak, Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda. Yevropaning yirik sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlarining hamkorlik qilishga qiziqish bildirishi fikrimiz isbotidir, – Lev Sverdlov.

Berlin metrosi eng asosiy ko‘p foydalaniladigan jamoat transportlaridan hisoblanadi. Undan nafaqat shahar aholisi, balki butun dunyodan tashrif buyuradigan mehmonlar ham foydalanadi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yilning ayni shu oylarida germaniyaliklar keyingi yilgi sayohatlarini rejalashtiradi. Yangi yil bayrami arafasida Germaniyaga dunyoning turli burchaklaridan mehmonlarning oqib kelishini hisobga olsak, yurtimiz turizm salohiyatiga bag‘ishlangan ushbu videorolik samarali bo‘ladi. Shu bilan birga, kelgusi yilda mamlakatimizga keluvchi sayyohlar soni oshishiga xizmat qiladi.

Kiritildi: 13:48 11.12.2023. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!