O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov qo‘shni davlat – Afg‘onistonda sodir bo‘lgan halokatli zilzila munosabati bilan Tolibon hukumatiga va Afg‘oniston xalqiga hamdardlik bildirdi.
«Minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan dahshatli zilzila munosabati bilan Afg‘oniston xalqi va hukumatiga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.
Halok bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, jabrlanganlarning tez orada sog‘ayishlarini tilaymiz.
Biz og‘ir kunlarda birodar Afg‘oniston xalqi bilan birdam bo‘lib, ushbu fojiali tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda har tomonlama yordam berishga tayyorligimizni bildiramiz», – deb yozdi Saidov o‘zining telegramdagi kanalida.