Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston tog‘larida Ipak yo‘lining ikkita shahri qoldiqlari topildi

O‘zbekiston tog‘larida Ipak yo‘lining ikkita shahri qoldiqlari topildi

Maydoni 12-15 gektar bo‘lgan Toshbuloq VI-XI asrlar oralig‘ida, taxminan 120 gektar maydonni egallagan Tugunbuloq esa VIII-XI asrlarda joylashgan.

Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonning janubi-sharqidagi tog‘larda ikkita o‘rta asr shahrining qoldiqlari topilgan. Maydoni 12-15 gektar bo‘lgan Toshbuloq VI-XI asrlar oralig‘ida, taxminan 120 gektar maydonni egallagan Tugunbuloq esa VIII-XI asrlarda joylashgan.

Tadqiqotchilar LiDAR (Light Detection and Ranging, «yorug‘likni aniqlash va masofani o‘lchash») bilan jihozlangan uchuvchisiz uchish apparati yordamida ikkala shaharni xaritalashtirishdi.

Tugunbuloq va Toshbuloq dengiz sathidan 2000 metrdan baland joylashgan. Bugungi kunda sayyoramiz aholisining 3 foizdan kamrog‘i bunday balandliklarda istiqomat qiladi.

Olimlarning ishonchi komilki, og‘ir ob-havo sharoitiga qaramay, Tugunbuloq va Toshbuloq gullab-yashnagan va bu hududda katta miqdorda topilgan temir rudasini qazib olish uchun qurilgan. Shaharlar nima uchun tashlab ketilgani hozircha noma’lum.

Tadqiqotchilar guruhiga Vashington universiteti antropologi Maykl Fraketti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi direktori Farhod Maqsudov rahbarlik qildi.

Ularning topilmasi ming yildan ortiq vaqt avval Markaziy Osiyoning olis tog‘larida shahar hayoti haqidagi tasavvurlarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi.

Kiritildi: 01:53 10.11.2024. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!