Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston TIV rahbari Toshkent shahrida iftorlikda ishtirok etdi

A A A
O‘zbekiston TIV rahbari Toshkent shahrida iftorlikda ishtirok etdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Toshkentda akkreditasiyadan o‘tgan qator davlatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan iftorlik qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Afg‘oniston, BAA, Bangladesh, Eron, Falastin, Indoneziya, Iordaniya, Jazoir, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘mon davlatlarining mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan iftorlik qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Biz savdo va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan holda turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarimizni mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarimizni to‘la safarbar qilishimiz lozimligini ta’kidladik".

Kiritildi: 10:40 31.03.2024. O'qildi: 1107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!