2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 4 mlrd dollarga yoki 7,6 foizga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasining 22,9 mlrd dollari eksport, 34,5 mlrd dollari esa import hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 foizga kamaygan bo‘lsa, import 16,3 foizga o‘sgan.
Natijada O‘zbekiston tashqi savdosida 11 mlrd 668,7 mln dollarlik manfiy saldo shakllangan.
Taqqoslash uchun, 2025 yil yanvar–avgust oylarida tashqi savdo aylanmasi 53,4 mlrd dollar, eksport 23,7 mlrd dollar, import 29,7 mlrd dollar bo‘lgan. O‘sha davrda manfiy saldo 6 mlrd dollar atrofida edi.
Shu bilan birga, oltinni hisobga olmaganda, O‘zbekistonning tovarlar eksporti o‘tgan yilga nisbatan 28,7 foizga o‘sib, 11,5 mlrd dollarni tashkil etgan.