Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Skopye shahrida YEXHT DIIHB direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Skopye shahrida YEXHT DIIHB direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shimoliy Makedoniyaning Skopye shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (EXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopye shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Vazirlar kengashining 30-yig‘ilishi doirasida YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi janoblari bilan uchrashdik,- deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. - Janob Mekachchining yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlariga to‘xtalib, kelgusi yillar uchun hamkorlik rejalarini belgilab oldik».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va YEXHT DIIHB 1997 yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Italiyalik siyosat va jamoat arbobi Matteo Mekachchi YEXHT DIIHBga 2020 yildan buyon rahbarlik qilayapti. DIIHBning saylovni kuzatish bo‘yicha missiyalari mamlakatimizdagi Prezident va parlament saylovlari kampaniyalarida bir necha bor ishtirok etgan.

Kiritildi: 10:46 01.12.2023. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!