Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba «Yil odami» e’tirof etildi. Uning kim ekanini bilasizmi?

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba  «Yil odami» e’tirof etildi. Uning kim ekanini bilasizmi?

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi hay’ati 2018 yilning Yil odami deb Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti va bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylarini xalqaro miqyosda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish borasidagi buyuk xizmatlari uchun Yil odami sovrini bilan taqdirlashga qaror qildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

50 yillik davlat boshqaruvi tajribasiga ega, Zamonaviy Dubay me’mori deya e’tirof etilgan Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari 13 yildan beri Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti va bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi lavozimlarida faoliyat yuritib keladi. Uning rahbarligida Dubay shahrida olamshumul loyihalar amalga oshirilmoqda. Qisqa vaqt mobaynida mamlakat dunyodagi eng yirik moliya markazlari qatoriga qo‘shildi.

Shu bilan birga, Birlashgan Arab Amirliklari hukumati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Mamlakat cho‘llarining odam oyog‘i yetmaydigan eng olis joylarida ham inson hayoti uchun eng yaxshi va eng yuqori shart-sharoitlar yaratildi. Yuksak iste’molchilik madaniyati va ular haq-huquqlarining ta’minlanishi qonuniy majburiyat emas, balki insonlarning kundalik hayot tarziga aylandi , deydi federasiya raisi Sarimsoqov.

Rashid Ali al-Mazrui janobi oliylariga Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari mukofotlangan Yil odami nishoni va sertifikati topshirildi.

Tadbirda Federasiya kengashi a’zolari, O‘zbekiston hukumati vakillari, mamlakatimizda akkreditasiyadan o‘tgan diplomatiya korpusi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

58edc6a8-7410-4334-98e3-2039413aa12a.jpg

Snimok.JPG

Kiritildi: 12:25 15.03.2019. O'qildi: 6599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!