29 may kuni O‘zbekiston Superkubogi doirasida mamlakat chempioni «Paxtakor» va kubok sohibi «Nasaf» klublari o‘zaro bahs yuritadi.
UzFHM bo‘lajak bellashuvni boshqaradigan hakamlarni e’lon qildi.
Bosh hakam: Aziz Asimov;
Qanot hakamlari: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov;
Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov;
VAR hakami: Ahrol Risqullayev;
AVAR hakami: Andrey Sapenko;
Nazoratchi: Timur Abdullayev;
Komissar: Zoxirjon Akramxonov.
O‘yin «Bunyodkor» staonida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.