Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Rossiyadan eng ko‘p avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi

O‘zbekiston Rossiyadan eng ko‘p avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi

Avtostat tahliliy agentligi xabariga ko‘ra, 2018 yilning 11 oyi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Rossiyadan eng ko‘p avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu davr mobaynida Rossiya 26 mingdan ortiq yengi avtomobil eksport qilgan. Undan 70% asosiy 5ta mamlakatlarga yuborilgan.

Birinchi o‘rinda Chexiya (6,3 mingta avtomobil), ikkinchi o‘rinda - Ukraina (3,8 ming) va uchinchi o‘rinda O‘zbekiston (3,1 ming). Undan keyingi o‘rinlarda Latviya (2,9 ming) va Ozarbayjon (2,4 ming).

Ushbu saytda Rossiyaga import qilingan avtomobillar statistikasi ham keltirilgan. Unda xabar qilinishiga ko‘ra, 2018 yilning 11 oyi davomida Rossiyaga 213 ming dona yengi avtombil olib kelingan.

Rossiyaga avtombil eksport qiluvchi eng ilg‘or mamlakatlar o‘ntaligi quyidagicha bo‘ldi:

  1. Yaponiya 69 mingta avtomobil
  2. Germaniya 34 ming avto
  3. AQSh 18,8 ming
  4. Buyuk Britaniya 16,5 ming
  5. Tailand 10,3 ming
  6. Slovakiya 7,3 ming
  7. Vengriya 6,5 ming
  8. Turkiya 6,4 ming
  9. Xitoy 5ming
  10. Finlandiya 4,2 ming
Kiritildi: 11:21 09.01.2019. O'qildi: 1563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!