Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etildi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etildi


2025-yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog" faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi 1048-sonli Qonuni qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, yurtimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni, biologik xilma-xillikni asrash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashga munosib hissa qo‘shgan va bu borada ko‘zga ko‘rinarli natijalarga erishgan ekofaollar mazkur unvon bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, unvon ekologik toza va innovasion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko’rsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlar va soha vakillari, shuningdek, mazkur yo’nalishda jamoatchilik nazoratini olib borayotgan ekofaollarga ham beriladi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to’g’risida”gi qonun ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar faoliyatini rag’batlantirishga va nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 12:34 20.03.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!