Turkiya Respublikasi Prezidentining Anqara shahridagi Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarini Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on kutib oldi.
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on shohsupaga ko‘tarildilar. Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegasiyalar a’zolarini qutladilar.
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Tomonlar O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilmoqda.