Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston musulmon sayyohlarni eng ko‘p jalb qilayotgan mamlakatlar o‘ntaligiga kirdi

O‘zbekiston musulmon sayyohlarni eng ko‘p jalb qilayotgan mamlakatlar o‘ntaligiga kirdi

2019 yilgi Jahon musulmon sayyohlari reytingida O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida musulmon sayyohlarni jalb qilayotgan eng jozibador o‘n davlat qatoridan o‘rin oldi. Bu haqda Global Muslim Travel Index 2019 hisobotida qayd etildi.

Ushbu o‘ntalikka, shuningdek, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Malayziya, BAA va Indoneziya kabi musulmon mamlakatlari kirgan.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston IHTga a’zo davlatlar orasida musulmon sayyohlari uchun qulayligi bo‘yicha 18-o‘rinni olgan. Ushbu ro‘yxatda Malayziya, Indoneziya va Turkiya mamlakatlari yetakchilikni qo‘lgan kiritgan. Qozog‘iston va Ozarboyjon esa O‘zbekistondan keyin 19- va 20-o‘rinlarni egallagan.

Yuqorida qayd etilgan reytingni tuzishda mamlakatlar iqlimi, xavfsizligi, iqtisodiyoti, transport infrastrukturasi va ko‘rsatiladigan xizmatlar kabi omillar hisobga olingan..

Kiritildi: 14:47 14.04.2019. O'qildi: 1510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!