Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston milliy jamoasi Dubay yig‘inida ikkita nazorat o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy jamoasi Dubay yig‘inida ikkita nazorat o‘yini o‘tkazadi

Ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda.

Yig‘in davomida yopiq eshiklar ortida ikki o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi, deya xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

«Yig‘in davomida murabbiylar shtabi tomonidan milliy jamoaga nomzod futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish hamda ularning jismoniy holatini nazorat qilish rejalashtirilgan.

Bu yig‘in FIFA kunlari doirasidagi rasmiy uchrashuvlardan tashqari reja asosida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy e’tibor futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishga qaratilgan.

Shu bois Xitoy milliy jamoasi (26 yanvar) hamda «Urartu» klubiga (30 yanvar) qarshi bahslar mashg‘ulot uchrashuvi formatida o‘tkaziladi. Ushbu o‘yinlar yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:09 22.01.2026. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!